Sindarov va Dommaraju o‘rtasidagi jahon chempionligi uchrashuvi sanalari e’lon qilindi

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov va amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju o‘rtasidagi jahon chempionligi uchrashuvi sanalarini tasdiqladi. Bahs 2026-yil 23-noyabrdan 17-dekabrgacha o‘tkaziladi.
Match boshlanishiga qadar ikki shaxmatchi ham 20 yoshni to‘ldiradi. Mukofot jamg‘armasining minimal miqdori 2,5 million AQSh dollarini tashkil etadi, umumiy budjet 8,5 million dollarga baholanmoqda.
Javohir Sindarov 2026-yilgi FIDE Da’vogarlar turnirida g‘alaba qozonib, chempionlik bahsiga yo‘llanma oldi. Gukesh Dommaraju esa 2024-yilda Din Lijeni mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘lgan.
FIDE matchni qabul qilish bo‘yicha arizalarni 2026-yil 1-iyulgacha qabul qiladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
