Oʻzbekiston mol goʻshti narxi boʻyicha Markaziy Osiyo davlatlari orasida yuqori oʻrinni egalladi

O‘zbekiston 2026-yil mart holatiga ko‘ra Markaziy Osiyoda mol go‘shti narxi nisbatan yuqori bo‘lgan davlatlardan biri sifatida qayd etildi. Mamlakatda bir kilogramm mol go‘shtining o‘rtacha narxi 10,85 AQSh dollarini tashkil etib, mintaqada faqat Tojikistondan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.
FAO ma’lumotlariga ko‘ra, jahon bozorida go‘sht narxlari mart oyida fevralga nisbatan 1 foizga, yillik hisobda esa 8 foizga oshgan. Markaziy Osiyoda narxlar jahon darajasidan past bo‘lib qolayotgan bo‘lsa-da, mamlakatlar o‘rtasidagi tafovut sezilarli darajada saqlanib qolmoqda. Xususan, Qirg‘izistonda mol go‘shti 1 kilogramm uchun 7,6 dollar, Turkmanistonda 7–7,5 dollar, Qozog‘istonda esa 8,66 dollar atrofida baholanmoqda. O‘zbekiston va Tojikistonda narxlar 10 dollardan yuqori.
Jahon bozoridagi narxlar o‘rtacha darajada qolmoqda. Taqqoslash uchun, Shveytsariyada bir kilogramm mol go‘shti 45 dollardan oshadi, Osiyo va Afrika mamlakatlarining ayrimlarida esa 6 dollardan kam. Jahon bozorida taklif tanqisligi saqlanib qolsa, mol go‘shti narxlarining o‘sishi davom etishi mumkin.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
