Oʻzbekiston Jahon matbuot erkinligi indeksida 147-oʻringa koʻtarildi

Chegara bilmas muxbirlar (RSF) tashkiloti e’lon qilgan 2026-yilgi Jahon matbuot erkinligi reytingida O‘zbekiston 180 davlat orasida 147-o‘rinda qayd etildi. Mamlakat reytingda bir pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsa-da, umumiy ball 35,24 dan 34,95 gacha pasaydi.
Pasayish siyosiy muhit, huquqiy sharoit hamda ijtimoiy‑madaniy omillar bo‘yicha kuzatildi. Faqat iqtisodiy barqarorlik va jurnalistlar xavfsizligi ko‘rsatkichlarida kichik ijobiy siljish qayd etilgan.
RSF O‘zbekistondagi media muhitni “juda murakkab” deb baholaydi. Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi yillardagi islohotlar axborot erkinligini tizimli darajada kengaytira olmagan, OAV faoliyati ustidan nazorat saqlanib qolmoqda.
Mintaqa
Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi reytingda past pozitsiyalarni egallab kelmoqda. Gruziya va Armaniston sezilarli pasayish qayd etdi. Qozog‘iston 149, Qirg‘iziston esa 146-o‘rinni egalladi. Ayni paytda Ukraina 55-o‘ringa ko‘tarildi. RSF buni mustaqil va tergovchi OAVlar faoliyati bilan izohlaydi.
Jahon ko‘rinishi
Norvegiya reytingda yetakchilikni saqlab qoldi. Eng so‘nggi o‘rinlarda Xitoy, Shimoliy Koreya va Eritreya joy olgan. RSF ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilda dunyo mamlakatlarining yarmidan ortig‘ida matbuot erkinligi og‘ir holatda baholanmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
