Yangiliklar/Jamiyat

Mutaxassislar kabob iste’mol qilishning xavfsiz me'yorini aniqladi

Jamiyat 30 aprel, 16:06
Mutaxassislar kabob iste’mol qilishning xavfsiz me'yorini aniqladi

Shashlik isteʼmoli bo‘yicha umumiy tavsiyalar Perm milliy tadqiqot politexnika universitetining “Kimyo va biotexnologiya” kafedrasi dotsentlari tomonidan ishlab chiqildi.

  1. Shashlikni yoz mavsumi davomida uch martadan ko‘p isteʼmol qilmaslik tavsiya etiladi, eng maqbul chastota esa oyiga bir marta hisoblanadi.
  2. Bir martalik shashlik porsiyasining xavfsiz miqdori 100–200 grammni tashkil etadi.
  3. Go‘shtni marinadlash uchun quruq vino, pivo, meva sharbatlari yoki yogurt kabi mahsulotlardan foydalanish maʼqul.
  4. Shashlik uchun nisbatan xavfsiz asos sifatida kurka go‘shti, quyon go‘shti va baliq tavsiya etiladi.
  5. Sosiska va kolbasalarni mangalda tayyorlash tavsiya etilmaydi, chunki ular sog‘liq uchun yuqori xavf tug‘diradi.
  6. Mangalda qovurishda qayin yoki eman ko‘miridan foydalanish tavsiya etiladi, chunki u yonish jarayonida zaharli moddalar ajratmaydi.
  7. Shashlikni shirin ichimliklar va sharbatlar bilan ichish tavsiya etilmaydi, ularning o‘rniga oddiy ichimlik suvini tanlash lozim.
  8. Ortiqcha ovqatlanishning oldini olish uchun alkogol ichimliklardan voz kechish tavsiya etiladi, chunki u to‘yish hissi ustidan nazoratni pasaytiradi.
4160

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→