Yangiliklar/Ekologiya

Boysunda daryoning neft bilan ifloslanishidan ko‘rilgan zarar 8,5 mlrd so‘mdan oshdim

Ekologiya 30 aprel, 10:31
Boysunda daryoning neft bilan ifloslanishidan ko‘rilgan zarar 8,5 mlrd so‘mdan oshdim

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida daryolarning ifloslanishidan atrof-muhitga yetkazilgan zarar dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 8,5 milliard soʻmdan ortiqni tashkil etadi.

Qo‘mita axborotiga ko‘ra, kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Surxan Gas Chemical Operating Company korxonasiga qarashli quduqdan yer yuzasiga chiqqan neft aralashmali suyuqlik Xongaronssoy suv oqimiga oqib tushgan va keyinchalik daryoni ifloslantirgan.

Tekshiruv jarayonida suv havzasiga jami 1,2 tonna neft mahsuloti qo‘shilgani aniqlangan. Mutaxassislar holatni o‘rganib, amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq ekologik zarar miqdorini hisoblab chiqdi.

Ayni vaqtda suv havzasi neft aralashmasidan to‘liq tozalangan, ifloslanish oqibatlarini bartaraf etish ishlari yakunlangan. Hodisa yuzasidan rasmiy hujjatlar va laboratoriya tahlillari huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilib, masalaga huquqiy baho berilishi kutilmoqda.

Ekologiya qo‘mitasi holat ustidan nazorat davom etayotganini, mas’uliyat masalasi esa qonunchilik doirasida hal etilishini qayd etdi.

3680

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→