Yangiliklar/Jamiyat

Toshkentda omborda yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Jamiyat 29 aprel, 18:05
Toshkentda omborda yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan omborxonada yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in qisqa muddat ichida to‘liq bartaraf etilgan.

Toshkent halqa avtomobil yo‘li (THAY) bo‘yida joylashgan ombordagi yong‘in haqida xabar 17:05 da kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga 17:08 da yetib kelgan.

Yong‘in 17:30 da mahalliylashtirilgan, 17:47 da esa to‘liq o‘chirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar mavjud emas.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari hamda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Tekshiruv ishlari davom etmoqda.

2560

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→