Oʻzbekistonda 2026-yilgi Haj mavsumi 2-maydan boshlanadi

O‘zbekistonda “Haj–2026” mavsumi 2-maydan boshlanadi. Bu haqda haj tadbirlarini tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi vakolatli tuzilmalar ma’lum qildi.
Mavsum doirasida 18-mayga qadar har kuni O‘zbekistondan Saudiya Arabistoni Qirolligiga aviaqatnovlar amalga oshiriladi. Ziyoratchilar Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz va Urganch shaharlaridagi aeroportlardan Madina shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar orqali jo‘natiladi.
Ziyoratchilarni Madinaga Saudiya Arabistonining FlyAdeal aviakompaniyasi olib boradi. Haj amalini bajarib bo‘lgach, ularning O‘zbekistonga qaytishi Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi tomonidan ta’minlanadi. Mutaxassislar fikricha, ushbu tashkiliy model parvozlar jadvalining barqarorligini oshirish va logistikani samarali boshqarishga xizmat qiladi.
Hududiy aeroportlardan foydalanish poytaxt aviatuguniga tushadigan yuklamani kamaytiradi hamda chekka viloyatlar aholisi uchun qulaylik yaratadi. Shuningdek, Madinaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar safar vaqtini qisqartirib, zamonaviy talablarga mos sharoitlarni ta’minlaydi.
Mas’ul tashkilotlar ta’kidlashicha, “Haj–2026” transport dasturi xalqaro me’yorlar, sanitariya talablar va xavfsizlik qoidalarini, shuningdek, avvalgi haj mavsumlari tajribasini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
