Yangiliklar/Siyosat

Gulnora Karimova ishi Shveytsariyada koʻrib chiqilmoqda

Siyosat 27 aprel, 11:49
Gulnora Karimova ishi Shveytsariyada koʻrib chiqilmoqda

27-aprel kuni Shveysariyaning Federal jinoyat sudi Gulnora Karimova va yana bir qator ayblanuvchilar bo‘yicha ishni ko‘rib chiqishni boshladi. Gap 2012-yildan buyon olib borilayotgan va korrupsiya hamda noqonuniy moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha ayblovlar bilan bog‘liq tergov haqida ketmoqda.

Shveysariya prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, Karimova O‘zbekiston bozorida faoliyat yuritishga qiziqqan telekommunikatsiya kompaniyalaridan noqonuniy to‘lovlar olgan. Tergovga ko‘ra, mablag‘lar harakati ularning kelib chiqishini yashirish maqsadida tashkil etilgan.

Sud jarayonida Shveysariya banklarining roli ham ko‘rib chiqilmoqda. Xususan, Lombard Odier bankining sobiq xodimi harakatlari sud e’tiborini tortdi. Ayblov tomonining ta’kidlashicha, u ish bo‘yicha figuranlarga aloqador hisobvaraqlarga xizmat ko‘rsatgan. Biroq bankning o‘zi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayblanmayapti — sud moliyaviy nazorat talablariga rioya qilingan-qilinmaganini baholaydi.

Jarayon bir qator protsessual murakkabliklar bilan kechmoqda. Jumladan, 2026-yil boshida shveysariyalik sudyalar Karimovani Toshkentda, u jazo o‘tayotgan joyda so‘roq qilishgan. So‘roq O‘zbekiston tomoni vositachiligida va sud bilan bevosita aloqasiz o‘tkazilgan. Shu sababli himoya tomoni so‘roq jarayonida ishtirok etishdan bosh tortgan.

Asosiy ayblanuvchilarning sud majlislarida shaxsan ishtirok etishi kutilmayapti. Sud ishni keyinchalik qaysi formatda ko‘rib chiqishni, jumladan, sirtdan sud yuritish masalasini hal qilishi kerak bo‘ladi.

2670

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→