Yangiliklar/Jamiyat

Poytaxtda ayrim konditsionerlar texnik talablariga javob bermadi

Jamiyat 26 aprel, 01:24
Poytaxtda ayrim konditsionerlar texnik talablariga javob bermadi

Toshkent shahrida o‘tkazilgan nazorat xaridi natijasida ayrim konditsionerlar belgilangan texnik reglamentlar va xavfsizlik talablariga javob bermasligi aniqlandi. Tekshiruv Texnik jihatdan tartibga solish inspeksiyasining shahar boshqarmasi tomonidan amalga oshirildi.

Tekshiruv doirasida poytaxtdagi savdo nuqtalarida sotilayotgan Xitoyda ishlab chiqarilgan AUX va Hisense markalariga mansub konditsionerlar ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha, AUX ASW-12HA4/CAR modeli elektromagnit moslashuv bo‘yicha amaldagi texnik reglament talablariga mos kelmaydi.

Shuningdek, Hisense AST-12UW4SVETD15 konditsionerida ham kamchiliklar qayd etildi. Xususan, qurilmaning nominal elektr energiyasi iste’moli belgilangan me’yorlardan yuqori ekani aniqlangan.

Inspeksiya ma’lumotlariga ko‘ra, aniqlangan holatlar ushbu mahsulotlarning majburiy texnik va xavfsizlik talablariga javob bermasligini ko‘rsatadi.

Iste’molchilarga maishiy texnika xarid qilishda muvofiqlik sertifikati va texnik hujjatlar mavjudligiga e’tibor berish tavsiya etiladi. Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan mahsulotlarga duch kelinganda, 1880 qisqa raqami orqali Texnik jihatdan tartibga solish inspeksiyasiga murojaat qilish mumkin.

7350

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→