Toshkent jamoat transporti tizimi keng ko‘lamli yangilanish arafasida

Toshkentda jamoat transporti tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi. Qaror shahar infratuzilmasiga va aholining harakatchanligiga bevosita ta’sir ko‘rsatayotgan muammolar tahlili natijasida ishlab chiqildi.
Hozirda poytaxtda 169 ta avtobus yo‘nalishi va qariyb ikki mingta avtobus faoliyat yuritmoqda. Ular kuniga 1,4 milliontagacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Shunga qaramay, tig‘iz vaqtlarda transport kutish vaqti 40 daqiqagacha cho‘zilmoqda. Buning asosiy sababi — jamoat transporti uchun ustuvor infratuzilmaning yetishmasligi: ajratilgan yo‘laklar shahar magistrallarining atigi 18,5 foizini qamrab olgan. Natijada avtobuslar umumiy avtomobil oqimida harakatlanishga majbur bo‘lmoqda.
Ijtimoiy nuqtai nazardan eng zaif yo‘nalishlardan biri — bekat infratuzilmasi. Qariyb 2,9 ming bekatning chorak qismidan ko‘prog‘i to‘laqonli pavilyonlarga ega emas, yuzlab bekatlar esa soyabonlar va harakat jadvali aks etgan axborot tablolari bilan jihozlanmagan. Bu holat keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda bolali yo‘lovchilar uchun transportdan foydalanishni qiyinlashtiradi.
Transport harakatini boshqarish tizimi ham yetarli samaradorlikni ta’minlamayotgani qayd etildi. Mavjud monitoring vositalari qatnov oralig‘ini nazorat qilish, kechikishlarni aniqlash va ularni tezkor bartaraf etish imkonini bermayapti. Shu sababli jamoat transportining umumiy yo‘lovchi tashishdagi ulushi 35 foiz atrofida qolmoqda, bu esa shaxsiy avtomobillardan foydalanishning ortishiga olib kelmoqda.
Vaziyatni o‘zgartirish maqsadida hokimiyat 240 ta yangi avtobus xarid qilish, 16 ta qo‘shimcha yo‘nalish ochish va kunlik рейslar sonini qariyb ikki ming taga oshirishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, uzunligi 16,2 kilometr bo‘lgan tezkor avtobus yo‘nalishlari (BRT) va 56 kilometr ajratilgan avtobus yo‘laklari barpo etiladi. Ularning ishlashi avtomatlashtirilgan video nazorat orqali kuzatiladi.
Yo‘lovchilar sharoitini yaxshilash ham dasturda muhim o‘rin egallaydi. 1 116 ta mavjud bekat rekonstruksiya qilinadi va 70 ta yangi bekat quriladi. Ular soyabon, yoritish va axborot tablolari bilan ta’minlanadi.
Islohotlarning muhim qismi sifatida intellektual transport tizimi joriy etiladi. Toshkentda 545 ta “aqlli” svetofor o‘rnatilib, ular transport oqimlarini real vaqt rejimida boshqarish va chorrahalardagi tirbandliklarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
