Prezident hududlarda tadbirkorlar bilan ishlashdagi sustlikni tanqid qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududiy rahbarlarning tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sust ishlari va mas’uliyatsiz yondashuvini tanqid qildi. Bu haqda hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘z yuritildi.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, ayrim mansabdorlar tadbirkorlar duch kelayotgan muammolarni joyida hal etish o‘rniga, ulardan chetda turishni afzal ko‘rmoqda. Masalalar respublika darajasiga chiqib qolganda esa ular o‘z kamchiliklarini yashirishga urib, turli bahonalarni ilgari surmoqda.
Misol sifatida Nurofod shahridagi holat keltirildi. U yerda tadbirkor ikki yil davomida byurokratik to‘siqlar sababli qurilish ishlarini boshlay olmagan. Shu bilan birga, shahar rahbariyati muammoni bartaraf etishdan ko‘ra, bu masala qanday qilib Prezident darajasiga yetib borganini aniqlash bilan shug‘ullangani qayd etildi.
Shuningdek, G‘uzor, Narpay, Urganch, Yangiyo‘l va Chinoz tumanlarida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari hanuz ishga tushmaganiga e’tibor qaratildi. Vaholanki, ushbu yo‘nalish uchun zarur mablag‘lar avvaldan ajratilgan.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilda mazkur hududlarga respublika byudjetidan qo‘shimcha ravishda 262 milliard so‘m yo‘naltirilgan. Shu munosabat bilan Prezident viloyat hokimlariga ushbu tuman rahbarlarining faoliyatini tanqidiy baholash va ular egallab turgan lavozimiga muvofiqligini ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
