Yangiliklar/Siyosat

Toshkentda avtoturargohlarni tartibga solish bo‘yicha pilot loyiha ishga tushirildi

Siyosat 19 aprel, 20:52
Toshkentda avtoturargohlarni tartibga solish bo‘yicha pilot loyiha ishga tushirildi

Toshkentda avtoturargohlarni yagona shahar boshqaruv tizimiga integratsiya qilish bo‘yicha pilot loyiha amalga oshirila boshlandi. Loyiha tashabbuskori — shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi.

Loyiha savdo va servis obyektlari atrofida kuzatilayotgan tartibsiz to‘xtash holatlarini kamaytirishga qaratilgan. Bunday hududlarda avtomobillar ko‘pincha trotuarlar, o‘tish yo‘laklari va binolar kirish qismlarini egallab, piyodalar xavfsizligi va qulayligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Tashabbus doirasida odamlar gavjum bo‘lgan obyektlar yaqinidagi xususiy yerusti avtoturargohlari yagona tizimga ulanadi. Bu parkovka o‘rinlarini hisobga olish, ularning bandligini kuzatish hamda foydalanish uchun yagona qoidalarni joriy etish imkonini beradi.

Yo‘l harakatini tashkil etish markazida ta’kidlanishicha, markazlashtirilgan nazorat qoidabuzarliklarni kamaytirish va ko‘chalar o‘tkazuvchanligini oshirishga xizmat qiladi. Loyiha hozircha sinov tarzida amalga oshirilmoqda. Samaradorlik baholangach va jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilgach, uni kengaytirish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, tizim orqali shakllantiriladigan qo‘shimcha daromadlar loyiha joriy etilgan hududlarda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

3280

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→