Yangiliklar/Texnologiya

Oʻzbekistonda internet tezligi oshib bormoqda

Texnologiya 16 aprel, 18:12
Oʻzbekistonda internet tezligi oshib bormoqda

Oʻzbekiston internetga ulanish tezligini baholovchi xalqaro reytinglarda ijobiy dinamikani namoyish etdi. Yangilangan maʼlumotlar mamlakatda ham mobil, ham statsionar (fiksatsiyalangan) internet ko‘rsatkichlari oshganini ko‘rsatmoqda.

Joriy yilning mart oyi yakunlariga ko‘ra, Oʻzbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha global reytingda o‘z o‘rnini yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi. Mobil internetning o‘rtacha tezligi 55 Mbit/soniyadan oshib, mamlakatga avvalgi oyga nisbatan bir pog‘ona yuqorilash imkonini berdi.

Shu bilan birga, simli internet segmentida ham ijobiy o‘sish qayd etildi. Mamlakatda statsionar internetning o‘rtacha tezligi 93 Mbit/soniyaga yaqinlashdi, bu esa tegishli xalqaro reytingdagi pozitsiyaning ham yaxshilanishiga sabab bo‘ldi.

Mobil internet tezligi bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni Yaqin Sharqning ayrim davlatlari egallab kelayotgan bo‘lsa, simli internet toifasida Janubi‑Sharqiy Osiyo mamlakatlari eng yuqori ko‘rsatkichlarni saqlab qolmoqda.

Mutaxassislar Oʻzbekistonda internet tezligi oshishini telekommunikatsiya infratuzilmasining rivojlanishi, aloqa tarmoqlari qamrovining kengayishi va raqamli xizmatlar hajmining ortishi bilan izohlamoqda.

2610

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→