Yangiliklar/Iqtisod

Kommunal toʻlovlar boʻyicha hujjat olish soddalashtirildi

Iqtisod 16 aprel, 17:03
Kommunal toʻlovlar boʻyicha hujjat olish soddalashtirildi

Oʻzbekistonda kommunal xizmatlar boʻyicha qarzdorlik mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani onlayn tarzda olish imkoniyati joriy etildi. Mazkur davlat xizmati hukumat qaroriga muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali bepul taqdim etiladi.

Maʼlumotnomani olish uchun jismoniy shaxslar elektron arizada familiyasi, ismi va otasining ismini, ID-karta maʼlumotlarini hamda koʻchmas mulkning kadastr raqamini koʻrsatishi lozim.

Yuridik shaxslar esa tashkilot nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) va abonent hisob raqamini taqdim etishi talab etiladi.

Mazkur xizmatning onlayn formatga oʻtkazilishi hujjatni olish jarayonini soddalashtirishi, vaqt xarajatlarini kamaytirishi hamda aholiga va biznes subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishi kutilmoqda.

1930

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→