Eron tarixidagi eng uzoq vaqt internet uzilishini boshdan kechirmoqda

Eron hududida internetga kirish bo‘yicha keng ko‘lamli cheklovlar hanuz davom etmoqda va bu holat allaqachon 1 100 soatdan oshdi. Bu haqda tarmoq faolligini monitoring qiluvchi xalqaro NetBlocks xizmati ma’lum qildi.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda xalqaro internet aloqasidagi uzilishlar ketma-ket 47 kundan beri qayd etilmoqda. Umumiy o‘chirilish davomiyligi 1 104 soatga yetgan bo‘lib, mutaxassislar buni butun bir davlat miqyosida kuzatilgan eng uzoq davom etgan internet cheklovi sifatida baholamoqda.
NetBlocks ekspertlarining ta’kidlashicha, ushbu davr mobaynida Eronda global internet tarmog‘iga kirish juda cheklangan bo‘lib qolmoqda. Bu holat onlayn xizmatlar faoliyatiga, biznes jarayonlariga hamda tashqi dunyo bilan aloqa qilish imkoniyatlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Uzoq davom etayotgan cheklovlar mintaqadagi vaziyatning keskinlashuvi bilan bir paytga to‘g‘ri keldi. Fevral oyining oxirlarida Eron, AQSh va Isroil ishtirokidagi qurolli qarama‑qarshilik yuzaga kelib, Yaqin Sharqning ayrim davlatларida harbiy va infratuzilma obyektlariga zarbalar berildi.
Shu bilan birga, mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal etish bo‘yicha ham urinishlar amalga oshirildi. Aprel oyida Eron va AQSh vakillari bir necha bor muzokaralar o‘tkazdi, biroq tomonlar asosiy masalalar yuzasidan kelishuvga erisha olmadi.
Xalqaro kuzatuvchilar qayd etishicha, internetning bu qadar uzoq vaqt o‘chirilishi aholining kundalik hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Hozircha mamlakatda aloqa to‘liq tiklanishi bo‘yicha rasmiy muddatlar e’lon qilinmagan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
