Dubaydagi Burj Al Arab oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatadi

Dunyoning eng mashhur va tanilgan mehmonxonalaridan biri — Dubaydagi Burj Al Arab — bir yarim yilga yopiladi. Bu haqda mehmonxona vakiliga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.
Mehmonxona faoliyatining vaqtincha to‘xtatilishiga majmuaning keng ko‘lamli rekonstruksiya va yangilash ishlari sabab bo‘ladi. Qayd etilishicha, bu mehmonxona tarixidagi eng yirik modernizatsiya bo‘ladi.
Burj Al Arab 1999-yilda ochilgan bo‘lib, shundan buyon Dubay va hashamatli dam olish ramziga aylangan. Oradan o‘tgan 20 yildan ortiq vaqt mobaynida mehmonxona faoliyatini bunday uzoq muddatga to‘liq to‘xtatmagan.
Mehmonxonaning yopilishi mintaqadagi turizm sohasidagi murakkab vaziyat bilan bir davrga to‘g‘ri keldi. So‘nggi oylarda turizm bozoriga geosiyosiy keskinlik va sayyohlik faolligining pasayishi ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ishlar yakunlangach, mehmonxona yangilangan formatda, yuqori xizmat sifati va zamonaviy mehmondo‘stlik standartlari saqlangan holda qayta ochilishi kutilmoqda. Faoliyatni qayta boshlashning aniq sanalari rekonstruksiya ishlarining borishiga bog‘liq bo‘ladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
