Yangiliklar/Siyosat

O‘zbekiston eng ko‘p aviareyslarni Rossiya yo‘nalishida amalga oshiradi

Siyosat 14 aprel, 13:44
O‘zbekiston eng ko‘p aviareyslarni Rossiya yo‘nalishida amalga oshiradi

Rossiya O‘zbekiston uchun xalqaro aviayo‘nalishlar orasida muhim yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. Bu haqda ikki davlat hukumatlari qo‘shma komissiyasi yig‘ilishida so‘zga chiqqan bosh vazir Abdulla Aripov ma’lum qildi.

Uning aytishicha, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida har hafta 367 ta aviareys amalga oshiriladi. Bosh vazir ta’kidlashicha, boshqa hech bir davlat bilan havo qatnovlari hajmi bunday darajaga yetmagan bo‘lib, bu ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarning yuqori faolligidan dalolat beradi.

Aripov rivojlangan avia marshrutlar tarmog‘i iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, xizmat safarlari, sayyohlik oqimi hamda gumanitar aloqalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

Uchrashuv doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekiston tomoni Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustinni joriy yil iyun oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Toshkent xalqaro investitsiya forumiga taklif etdi.

2050

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→