Buxoroda Oʻzbekiston va Qozogʻiston rahbarlarining uchrashuvlari boʻlib oʻtadi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat miqyosida qator tadbirlar oʻtkazish rejalashtirilgan Buxoroga yoʻl oldi.
11-aprel kuni Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonga keladi. Buxoroga tashrif doirasida ikki davlat rahbarlari oʻrtasida oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi doʻstlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik tamoyillariga asoslangan munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqilishi kutilmoqda. Tomonlar siyosiy muloqotni mustahkamlash, parlamentlararo aloqalarni kengaytirish, shuningdek, hukumatlararo va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratadilar.
Muzokaralar kun tartibidan oʻzaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, transport, energetika, suv xoʻjaligi va ekologiya sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Ikki davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashadilar.
Tashrif dasturidan Buxoroning tarixiy diqqatga sazovor joylariga birgalikda tashrif buyurish, viloyatdagi sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish va mahsulotlar koʻrgazmasini koʻzdan kechirish oʻrin olgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
