Aerodromlar yaqinida varrak uchirish xavf tugʻdirishi mumkin

Aviatsiya xizmatlari aeroport va aerodromlar yaqinida havo ilonlarini uchirish bilan bog‘liq xavflarga e’tibor qaratdi.
Issiq mavsumda ochiq hududlarda dam olishni tanlayotganlar soni ortadi. Shu bilan birga, ayrim mashg‘ulotlar, jumladan havo ilonlarini uchirish fuqarolik aviatsiyasi obyektlariga yaqin hududlarda amalga oshirilganida parvozlar xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Mutaxassislar havo ilonlari samolyotlar uchib chiqadigan va qo‘nadigan balandliklarga ko‘tarilishi mumkinligini qayd etmoqda. Bunday hududlarda begona predmetlarning paydo bo‘lishi havo kemalarining ayrim qismlariga zarar yetkazishi yoki dvigatelga tushib qolish xavfini oshiradi. Mustahkamlangan iplar esa aniqlanishi qiyin bo‘lganligi sababli qo‘shimcha xavf omiliga aylanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksining 17-moddasiga ko‘ra, parvozlar xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday faoliyat taqiqlangan. Aerodromlar yaqinida havo ilonlarini uchirish ushbu talablar doirasida baholanadi.
Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 116²-moddasida havo hududidan ruxsatsiz foydalanish uchun javobgarlik belgilangan. Qoidabuzarlarga 20 dan 100 baravarigacha bazaviy hisoblash miqdorida jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin. Agar bunday harakatlar aviatsiya hodisasiga olib kelsa, jinoiy javobgarlik ham ko‘zda tutiladi.
Aviatsiya xizmatlari dam olish vaqtida belgilangan talablarga amal qilishni va havo ilonlarini aeroportlardan uzoqda joylashgan hududlarda uchirishni tavsiya qilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
