Oʻzbekiston elchisi Germaniyada oʻzbekistonlik shifokorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi

Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchisi Dilshod Axatov Germaniyada ishlayotgan oʻzbekistonlik shifokor va hamshiralar bilan uchrashdi. Uchrashuv Brandenburg an der Havel shahridagi Asklepios klinikasi Fachkliniken Brandenburgda boʻlib oʻtdi.
Tashrif davomida diplomatlar tibbiyot mutaxassislarining mehnat va yashash sharoitlari, kasbiy faoliyatini tashkil etish bilan yaqindan tanishdilar. Ijtimoiy moslashuv, mehnat amaliyoti va vatandoshlar duch kelayotgan dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, oʻzbekistonlik shifokorlarning mamlakatimiz sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish boʻyicha takliflari va ularning joriy yilda Oʻzbekistonda oʻtkazilishi rejalashtirilgan III tibbiyot forumida ishtirok etish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.
Elchixona xorijda Oʻzbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga koʻmaklashish va ularning kasbiy tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqladi.
Shuningdek, klinika rahbariyati bilan muzokaralar olib borilib, unda sogʻliqni saqlash sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, jumladan, mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
