Oʻzbekiston aholisi 38,4 million kishidan oshdi

2026-yil 7-aprel holatiga koʻra, Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni 38 401 551 nafarga yetdi. Bu haqdagi maʼlumotlar Statistika qoʻmitasi tomonidan eʼlon qilindi.
Avvalroq idora mutaxassislari respublika aholisi soni barqaror o‘sishda davom etayotganini maʼlum qilgan edi. O‘rtacha hisobda oyiga aholining o‘sishi 51,5 ming nafar, kuniga esa 1,7 ming nafarni tashkil etmoqda.
Aholi sonining oshishi, avvalo, tabiiy o‘sish hisobiga taʼminlanmoqda. Statistik maʼlumotlarga koʻra, 2025-yilning yanvar–dekabr oylarida Oʻzbekistonda 879 599 nafar bola tugʻilgan.
Demografik jarayonlar ijtimoiy-iqtisodiy rejalashtirishda muhim omillardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu, xususan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, mehnat bozori hamda uy-joy qurilishi tizimlarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
