Hindiston davlat chegarasini himoya qilish uchun ilon va timsohlardan foydalanish g‘oyasini o‘rganmoqda

Dunyo 6 aprel, 18:22
Hindiston davlat chegarasini himoya qilish uchun ilon va timsohlardan foydalanish g‘oyasini o‘rganmoqda

Hindiston davlat chegarasining ayrim murakkab uchastkalarini qo‘riqlashda ilonlar va timsohlardan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. The Hindu xabariga ko‘ra, mazkur tashabbus Hindiston Chegara xavfsizligi xizmati (BSF)ning xizmat hujjatida qayd etilgan bo‘lib, u yerda an’anaviy muhandislik to‘siqlarini o‘rnatish qiyin bo‘lgan hududlar uchun muqobil himoya choralarini topish zarurligi ta’kidlanadi.

Ushbu hududlar Bangladesh bilan chegaradosh bo‘lib, botqoqliklar, daryo o‘zanlari ва yumshoq tuproqli joylar sababli standart to‘siqlarni qurishning imkoni yo‘q. Shu bois BSF bunday joylarda yovvoyi reptiliyalarni tabiiy to‘siq sifatida qo‘llash ehtimolini ko‘rib chiqmoqda.

Biroq loyiha mutaxassislar tomonidan ehtiyotkorlik bilan baholanmoqda. Mutaxassislarning qayd etishicha, ilon va timsohlarning borligi chegaradagi qishloqlar aholisi va qishloq xoʻjaligi ishlari bilan shugʻullanuvchilar uchun xavf tugʻdirishi mumkin. Shu munosabat bilan, tashabbus hali oʻrganish bosqichida, tegishli xizmatlar potentsial samaradorlik, ekologik oqibatlar va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavflarni tahlil qilmoqda.

2160

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→