Javohir Sindarov Fabiano Karuanani mag'lub etdi

Sport 3 aprel, 09:26
Javohir Sindarov Fabiano Karuanani mag'lub etdi

Ushbu natija unga 3,5 ochko bilan turnirning yakka peshqadami bo‘lish imkonini berdi.

Xalqaro shaxmat nashrlariga ko‘ra, Sindarov partiyada dastlabki bosqichdayoq tashabbusni qo‘lga olgan va o‘yinni butunlay o‘z nazorati ostida olib borgan. Uning o‘yini puxta tayyorgarlik hamda aniq hisob-kitobga asoslanganligi bilan ajralib turgan.

G‘alaba Sindarovning reytingiga ham sezilarli ta’sir qildi — live reytingda u jahonning 6-o‘rini egalladi. Yana bir o‘zbekistonlik shaxmatchi, Nodirbek Abdusattorov esa 4-o‘rinda bormoqda.

Mutaxassislar Sindarovning dastlabki bosqichdagi natijasini Nomzodlar turnirlari tarixidagi eng muvaffaqiyatli startlardan biri sifatida baholamoqda. Turnirda hali o‘n tur davom etadi.

1250

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→