Mutaxassislar AQShning Eron bilan urushga har kuni 2 milliard dollargacha sarflayotganini taxmin qilmoqda

AQShning Eronга qarshi harbiy harakatlariga doir xarajatlar ortib bormoqda va tahlilchilar bahosiga ko‘ra sutkasiga 2 milliard dollargacha yetmoqda. Bu haqida zamonaviy qurolli mojarolarning iqtisodiy oqibatlarini o‘rganuvchi mutaxassislar ma’lum qilgan.
Tahlilchilarning aytishicha, operatsiyalarning yuqori qiymati aviatsiyadan keng foydalanish, qimmat raketa tizimlari, harbiy kuchlarni mintaqaga ko‘chirish va AQSh infratuzilmasiga qilingan hujumlardan keyingi tiklash ishlari bilan bog‘liq. Kampaniyaning murakkabligi va shiddati uni AQSh byudjeti uchun so‘nggi yillardagi eng qimmat mojarolardan biriga aylantirgan.
Braun universitetining “Harbiy xarajatlar” loyihasi direktori Stefani Savelning ta’kidlashicha, agar qurol‑yaroq tashish, o‘q‑dorilar sarfi, logistika va AQSh aktivlariga yetgan zarar kabi omillarni ham hisobga olinsa, umumiy xarajatlar allaqachon o‘nlab milliard dollardan oshgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy raqamlar to‘liq xarajatni aks ettirmaydi va mojaroga haqiqiy to‘lanayotgan narx bundan ancha yuqori.
Xarajatlar borasidagi farqlar haqidagi eslatma Pentagonning avvalroq Kongressga qilgan bayonotidan keyin yana dolzarb bo‘ldi: ular urushning dastlabki olti kuni 11,3 milliard dollarga tushganini ma’lum qilgan — bu esa sutkasiga qariyb 1,9 milliard dollar degani. Ammo mustaqil ekspertlar bu mablag‘ga yashirin yoki keyinga ko‘chirilgan xarajatlar kirmaganini ta’kidlashmoqda.
Garvard universiteti mutaxassisi Linda Blayms qayd etishicha, amaldagi xarajatlar sutkasiga 2 milliard dollarga yaqinlashib qolgan. Bunga mudofaa shartnomalari, yonilg‘i sarfi, harbiy kemalar va samolyotlarni saqlash xarajatlari, shuningdek qurol‑aslahani doimiy yangilab borish kiradi.
Iqtisodchilar ogohlantiradi: urush xarajatlarining bunday yuqori sur’atda o‘sishi oddiy fuqarolar turmush darajasiga bevosita ta’sir qiladi. Ularning baholashicha, mojaro AQShning o‘zida benzin narxining oshishiga sabab bo‘lgan. Yaqin oylarda inflyatsiya kuchayishi, sug‘urta xarajatlari ko‘tarilishi va biznes muhitida noaniqlik ortishi mumkin.
Shu sharoitda Oq uy Kongressdan harbiy operatsiyalarni davom ettirish uchun 200 milliard dollar qo‘shimcha mablag‘ ajratishni so‘ragan. Savel bu raqamni “juda katta summa” deb atagan va u byudjet hamda soliq to‘lovchilar zimmasiga yana ham og‘ir yuk tushirishini qayd etgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
