O‘zbekiston FIFA seriyasining birinchi bosqichida Gabon ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Sport 28 mart, 11:16
O‘zbekiston FIFA seriyasining birinchi bosqichida Gabon ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA seriyasidagi xalqaro turnirni Gabon terma jamoasi ustidan g‘alaba bilan boshladi. Uchrashuv 27-mart kuni Toshkentning “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tdi va 3:1 hisobida yakunlandi.

Mehmonlar 6-daqiqadayoq Teddi Averlantning zarbasi evaziga hisobni ochishdi. Ammo 13-daqiqada Eldor Shomurodov terma jamoa safidagi 44-golini kiritdi.

Ikkinchi bo‘limda debyutant Jahongir O‘rozov 59-daqiqada jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, qo‘shib berilgan vaqtda Alisher Odilov darvozaning burchagiga aniq zarba yo‘llagan holda uchrashuvga 3:1 hisobida nuqta qo‘ydi.

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi o‘yinni 30-mart kuni avvalroq Trinidad va Tobagoni 4:1 hisobida mag‘lub etgan Venesuelaga qarshi o‘tkazadi.

1220

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→