Tornavidalar, marshrutizatorlar va kitoblar: nima uchun keng assortiment tor joydan yaxshiroq ishlaydi. Wildberries-da biznesning o'sishi tarixi

Marketpleysda o‘sish odatda bir zumda sodir bo‘lmaydi — ko‘pincha bu vaqt talab qiladigan va izchil mehnatni talab etadigan yo‘ldir. Avval o‘z nishingiz tanlanadi, keyin assortiment bosqichma-bosqich kengaytiriladi va shundan keyingina barqaror buyurtmalar oqimi paydo bo‘ladi. Bu yo‘l amalda qanday ko‘rinishga ega ekanini Wildberries platformasida o‘z biznesini qadam-baqadam rivojlantirgan Solution Buta do‘koni egasi Ahmedov Elnur hikoya qiladi.
Kompaniya platformadagi ishini 2024-yil oktyabr oyida elektroasboblarni sotishdan boshlagan. Keyinchalik assortiment asta-sekin kengaydi: avval qo‘l asboblari va qurilish materiallari, so‘ng videokuzatuv tizimlari hamda tarmoq uskunalari qo‘shildi. Do‘kon assortimenti uchun eng so‘nggi va eng kutilmagan yo‘nalish esa kitoblar bo‘ldi. Bunday yondashuv bozorni sinab ko‘rish va xaridorlar uchun eng talabgir toifalarni aniqlash imkonini berdi.
“Biz tor assortimentdan boshlagan edik, ammo asta-sekin marketpleys tezroq kengayish imkonini berishini tushundik. Kategoriyalarni kengaytirish buyurtmalar sonini oshirishga yordam bergan mantiqiy qadam bo‘ldi. Dastlabki vaqtlarda eng qiyin masala ichki logistika edi. Wildberries omboriga 1–2 tadan buyurtma olib borishga to‘g‘ri kelardi”, — deya ta’kidlaydi Solution Buta egasi.
Mahsulotlar qatorining kengayishi buyurtmalar geografiyasiga ham asta-sekin ta’sir ko‘rsatdi: buyurtmalarning atigi 5 foizga yaqini ichki bozorga to‘g‘ri keladi, asosiy savdo oqimi esa xorijiy bozorlar, avvalo Rossiya, Qozog‘iston va Belarus hisobiga shakllanmoqda. Bunday taqsimot marketpleys ichki bozordan ancha keng auditoriyaga chiqish imkonini berishini ko‘rsatadi.
Wildberries aksiyalarida ishtirok etish va platforma ichida mahsulotlarni targ‘ib qilish ham muhim rol o‘ynadi. Ayrim pozitsiyalar ayniqsa yuqori talabni ko‘rsatdi. Avvalo, bu kompaniya boshidanoq asosiy e’tiborni qaratgan toifalardagi mahsulotlar edi. Sotuvchining aytishicha, assortiment bilan puxta ishlash buyurtmalar oqimini barqarorlashtirish va yuk jo‘natish hajmlarini bosqichma-bosqich oshirish imkonini berdi.
2025-yildan boshlab kompaniya Wildberries’ning mahalliy ofisi tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash kuchayganini qayd etmoqda. Wildberries asosiy operatsion masalalarni hal qilishda yordam berdi: omborlarga yuk jo‘natish, platformada mahsulotlarni ilgari surish, shuningdek sotuvchiga yetkazib berishni mustaqil boshqarish imkonini beruvchi “Vitrina” (DBS) va “Vitrina ekspress” (EDBS) modellari bo‘yicha ishlashda ko‘maklashdi. Marketpleys ekspertlarining doimiy fikr-mulohazalari jarayonlarni yanada tushunarli qildi va platformadagi ishga tezroq moslashish imkonini berdi.
“Kompaniyamiz uchun Wildberries’ning asosiy afzalligi — bu ulkan bozor, yo‘lga qo‘yilgan tizim va tezroq o‘sishga yordam beradigan tayyor infratuzilmadir”, — deya ta’kidlashadi kompaniyada.
Savdo hajmining o‘sishi assortiment kengayishi va platformaning o‘zi taqdim etgan imkoniyatlar natijasi bo‘ldi. Dastlabki oyларда savdolar ҳар ой тахминан 50 foizga o‘sdi, keyinchalik esa sur’atlar 20–30 foiz darajasida barqarorlashdi. Shu bilan birga, yuk jo‘natish hajmlari ham oshib bordi. Agar boshida kompaniya haftasiga ikki marta kichik partiyalarda mahsulot yuborgan bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan haftasiga uch marta 30–50 donadan muntazam yetkazib berishga o‘tdi. Bugungi kunda kompaniya kuniga qariyb 100 ta buyurtma oladi.
Solution Buta tarixi shuni ko‘rsatadiki, marketpleysdagi barqaror o‘sish izchil qadamlar natijasidir. U assortimentni bosqichma-bosqich kengaytirish, yangi yo‘nalishlarni o‘zlashtirish va platforma imkoniyatlaridan unumli foydalanishga quriladi. Wildberries tomonidan ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlash va xalqaro auditoriyaga chiqish imkoniyati sotuvchiga bozordagi o‘rnini tezroq mustahkamlashga yordam berdi.
Tadbirkorlar va endigina sotuvchi sifatida ish boshlayotganlar uchun bunday tajriba mahsulotlar bilan to‘g‘ri ishlash va har bir bosqichga e’tibor bilan yondashish marketpleysni biznesni rivojlantirishning mustahkam asosiga aylantirishi mumkinligining yaqqol misolidir.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
