Özbekiston Osiyo kubogini Iordaniyaga qarşi öyin bilan başlaydi

Özbekiston milliy terma jamoasining 2027-yilgi Osiyo kubogi guruh bosqiçidagi öyinlar jadvali e’lon qilindi. Jamoa B guruhida Iordaniya, KXDR va Bahrayn bilan bellashadi.
Birinçi turda Özbekiston Iordaniyaga qarşi maydonga tuşadi. Uçraşuv 8-yanvar kuni Jidda şahrida böladi va Toşkent vaqti bilan soat 21:30 da başlanadi.
Ikkinçi öyin 12-yanvar kuni Ar-Riyodda ötkaziladi. KXDR va Özbekiston örtasidagi uçraşuv soat 18:30 ga belgilangan.
Guruh bosqiçidagi soŋgi öyinda Özbekiston Bahrayn bilan bellashadi. Uçraşuv 17-yanvar kuni Jiddada böladi va soat 18:30 da başlanadi.
Özbekiston terma jamoasining öyinlari:
- 8-yanvar, 21:30 — Özbekiston — Iordaniya, Jidda;
- 12-yanvar, 18:30 — KXDR — Özbekiston, Ar-Riyod;
- 17-yanvar, 18:30 — Özbekiston — Bahrayn, Jidda.
Barcha vaqtlar Toşkent vaqti bilan körsatilgan.
Har bir guruhda dastlabki ikki örinni egallagan jamoalar nimçorak finalga çiqadi. Uçinçi örinni egallagan terma jamoalar orasidan eng yaxşi natija körsatgan tört jamoa ham pley-offda qatnaşadi.
Osiyo kubogi 2027-yil 7-yanvardan 5-fevralga qadar Saudiya Arabistonida ötkaziladi. Turnirda 24 ta milliy terma jamoa iştirok etadi.
Telegramga obuna bo'ling
So'nggi yangiliklar bilan tanishing
Tavsiya etamiz

Xorijda ishlagan şifokorlarga 50 mln sömgaça ustama beriladi

Parkwood turar joy majmuasida ikki kişi kuyish jarohatini oldi

Tibbiyot talabalari haftasiga üç kun bemorlar bilan işlaydi

2027-yildan poliklinikalarda 73 turdagi dori bepul beriladi
