Sakkiz nafar özbekistonlik oğir atletika boyiça JÇda qatnaşadi

Sport 26 oktyabr, 21:38
Sakkiz nafar özbekistonlik oğir atletika boyiça JÇda qatnaşadi

Oğir atletika boyiça Özbekiston terma jamoasi Xitoyning Ningbo şahrida ötkaziladigan kattalar örtasidagi jahon çempionatida qatnaşadi. Musobaqa 27-oktabrdan 8-noyabrgaça davom etadi.

Milliy olimpiya qömitasi ma’lumotiga köra, terma jamoa tarkibiga sakkiz nafar sportçi kiritilgan. Çempionatda dunyoning turli mamlakatlaridan 500 dan ortiq atlet qatnaşadi.

Özbekiston terma jamoasi tarkibi

Erkaklar:

  • 65 kg gaça — Adhamjon Ergaşev;
  • 85 kg gaça — Sarvarbek Zafarjonov;
  • 95 kg gaça — Muhammadqodir Toştemirov;
  • 110 kg gaça — Akbar Jörayev;
  • 110 kg dan yuqori — Şarofiddin Amriddinov.

Ayollar:

  • 53 kg gaça — Nigora Abdullayeva;
  • 86 kg gaça — Rigina Adaşbayeva;
  • 86 kg gaça — Nigora Suvonova.

Rigina Adaşbayeva va Nigora Suvonova bir xil, 86 kg gaça vazn toifasida bahslaşadi. Olimpiada çempioni Akbar Jörayev esa 110 kg gaça vazn toifasida çiqadi.

Ningbodagi turnirda 2028-yili Los-Anjelesda ötkaziladigan yozgi Olimpiya öyinlari saralaşi doirasidagi dastlabki yirik reyting oçkolari öynaladi.

2,5390

Telegramga obuna bo'ling

So'nggi yangiliklar bilan tanishing

→