Şavkat Mirziyoyev: «Özligimizni anglab, öz hikoyamizni öz ovozimiz bilan dunyoga aytiş».

Prezident Şavkat Mirziyoyev milliy filmlar hozirça tomoşabin talabiga javob bermayotganini aytdi. U «Özbekfilm» kinostudiyasidagi uçraşuvda davlat buyurtmasi, filmlar distributsiyasi va professional kinotanqid bilan boğliq muammolarni sanab ötdi.
Davlat rahbarining aytişiça, tomoşabinlar kinoteatrlarga borişdan voz keçmagan. Xorijiy filmlar namoyişida zallarning tölayotgani bunga misol böladi. Özgarish tomoşabinning didi va talabida yuz bergan.
«Milliy filmlarimiz ana şu talabga javob beryaptimi? Afsuski, yöq», dedi prezident.
U bu holatni filmni işlab çiqarişdan tomoşabinga yetkazişgaça bölgan distributsiya tizimi şakllanmagani bilan izohladi.

Prezident amaldagi «goszakaz» zamonaviy kinoindustriya talablariga mos kelmasligini aytdi.
Ayrim rejissyorlarga bir vaqtning özida oltitagaça, mualliflarga esa yettitagaça loyiha biriktirilgan. Bunday yuklama har bir asar ustida puxta işlaşga imkon bermaydi.
Davlat buyurtmalarining deyarli yarmi davlat studiyalariga berilgan. Bu xususiy kinoijodkorlarning loyihalarda teng qatnaşiş imkoniyatini çeklagan.
Natijada asosiy mezon kuçli ssenariy va sifatli film yaratiş emas, topşiriqni tezroq yakunlaş bölib qolgan. Prezident ijodkor mehnati tomoşabinni öylantiradigan va uning qalbida iz qoldiradigan film bilan ölçanişi kerakligini ta’kidladi.
Uning fikriça, filmni oddiy tovar yoki quriliş obyekti kabi qat’iy texnik topşiriq asosida xarid qiliş töğri emas. Ssenariy suratga oliş paytida boyitilişi, ijodiy yeçimlar esa özgarişi mumkin.
Şavkat Mirziyoyev professional kinotanqidçilar fikri bilan yetarliça hisoblaşilmayotganini ham aytdi.
Prezidentning sözlariga köra, xolis tahlil muallifga kamçiliklarini köriş va kasbiy jihatdan ösiş imkonini beradi. Şu sababli professional tanqid filmlar sifatini baholaş jarayonining bir qismi bölişi kerak.

2016-yilda filmlar oliş uçun davlat budjetidan 10 milliard söm berilgan. 2026-yilda bu mablağ 218 milliard sömga yetgan. Sönggi ön yilda kino sohasiga oid ikkita farmon va sakkizta qaror qabul qilingan. «Özbekfilm» kinostudiyasi rekonstruksiya qilinib, bozorda önlab xususiy studiyalar paydo bölgan.
Biroq moliyalaştiriş va loyihalar sonining oşişi ssenariy, raqobat hamda filmlarni tomoşabinga yetkaziş bilan boğliq masalalarni hal qilmagan.
Prezident kinoni mamlakat tarixi, madaniyati va milliy qahramonlarini dunyoga tanitadigan «yumşoq kuç» vositasi deb atadi.
U «Öz» ğoyasining kinodagi mazmunini şunday ifodaladi:
«Özligimizni anglab, öz hikoyamizni öz ovozimiz bilan dunyoga aytiş».
Telegramga obuna bo'ling
So'nggi yangiliklar bilan tanishing
Tavsiya etamiz

Xorijda ishlagan şifokorlarga 50 mln sömgaça ustama beriladi

Parkwood turar joy majmuasida ikki kişi kuyish jarohatini oldi

Tibbiyot talabalari haftasiga üç kun bemorlar bilan işlaydi

2027-yildan poliklinikalarda 73 turdagi dori bepul beriladi
