Yangiliklar/Jamiyat

Şahlo Turdikulova TWAS vitse-prezidenti etib saylandi

Jamiyat 26 oktyabr, 21:00
Şahlo Turdikulova TWAS vitse-prezidenti etib saylandi

Özbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, professor Şahlo Turdikulova Jahon fanlar akademiyasining (TWAS) Markaziy va Janubiy Osiyo boyiça vitse-prezidenti etib saylandi.

U bu lavozimni egallagan Özbekiston va Markaziy Osiyoning birinçi vakili böldi. Turdikulovaning vakolati 2027-yil 1-yanvarda başlanadi va ikki yil davom etadi.

Saylov TWAS a’zolarining ovoz berişi orqali ötkazildi. Turdikulova akademiyaning oltita mintaqaviy vitse-prezidentidan biri sifatida yangi Kengaş tarkibida işlaydi. Kengaşga Xitoy Fanlar akademiyasi prezidenti Xou Szyango rahbarlik qiladi.

Turdikulova Markaziy va Janubiy Osiyodagi ilmiy hamkorlik, tadqiqotçilarni qöllab-quvvatlaş hamda TWAS dasturlarining ustuvor yönalişlarini belgiläşda qatnaşadi. U 2025-yilda akademiya a’zoligiga saylangan.

Şahlo Turdikulova biologiya fanlari doktori, professor va İlğor texnologiyalar markazi direktori. Uning tadqiqotlari biotexnologiya, biokimyo, inson genetikasi va Markaziy Osiyo aholisining genetik tuzilişiga bağışlangan.

U doktorlik dissertatsiyasini tayyorläş paytida Los-Anjelesdagi Kaliforniya universitetining membrana biologiyasi laboratoriyasida tadqiqot olib borgan. 2025-yilda Oksford universitetining taşkiliy liderlik boyiça diplomdan keyingi ta’lim dasturini tamomlagan.

Turdikulova rahbarligida COVID-19 ni aniqläş uçun mahalliy PZR test tizimi işlab çiqilgan. U ZF-UZ-VAC 2001 Özbekiston–Xitoy vaksinasini yaratişda ham qatnaşgan.

Jahon fanlar akademiyasi 1983-yilda Nobel mukofoti sovrindori, fizik Abdus Salom taşabbusi bilan tuzilgan. Uning qarorgohi Italiyaning Triyest şahrida joyläşgan.

Akademiya rivojlanayotgan mamlakatlardagi olimlarga grantlar beradi, ilmiy kadrlar tayyorläşni qöllab-quvvatlaydi va tadqiqot markazlari örtasidagi almashinuv dasturlarini yuritadi. TWAS YUNESKOning dasturiy bölmasi hisoblanadi.

2,4700

Telegramga obuna bo'ling

So'nggi yangiliklar bilan tanishing

→