Yangiliklar/Jamiyat

Toshkentning Uchtepa tumanida xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi, bir kishi halok bo‘ldi

Jamiyat 24 oktyabr, 10:20
Toshkentning Uchtepa tumanida xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi, bir kishi halok bo‘ldi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi turar joy majmuasi xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyidan bir kishining jasadi topilgan. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

24-oktyabr kuni soat 01:33 da Yusuf Sakkokiy ko‘chasidagi turar joyda yong‘in yuz bergani haqida xabar kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv guruhlari voqea joyiga yetib borib, soat 01:52 da yong‘inni bartaraf etgan.

Yong‘in oqibatida uy jihozlariga zarar yetgan. Hodisa sabablari va boshqa holatlar aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Guvohlarning aytishicha, uylar oldida to‘xtab turgan avtomobillar yong‘in-qutqaruv xizmatining hodisa joyiga tezkor yetib borishiga to‘sqinlik qilgan.

3,2980

Telegramga obuna bo'ling

So'nggi yangiliklar bilan tanishing

→