Toshkent va Yangi Toshkentni bog‘laydigan 321 metrlik ko‘prik qurilmoqda

Toshkent shahrini Yangi Toshkent bilan bog‘laydigan yangi ko‘prik qurilishi davom etmoqda. Chirchiq daryosi ustidan barpo etilayotgan inshootning uzunligi 321 metr, kengligi esa 32 metrni tashkil etadi.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi — O‘zAning Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, loyiha doirasida ko‘prikda har ikki yo‘nalishda uchtadan harakatlanish qatori tashkil etiladi. Shuningdek, piyodalar va velosipedchilar uchun alohida yo‘laklar quriladi. Ko‘prikning o‘tkazuvchanlik quvvati soatiga 10,5 mingtagacha avtomobilni tashkil etishi rejalashtirilgan.
2025-yil dekabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev Chirchiq daryosi ustidan quriladigan ko‘prik loyihasi bilan tanishgan edi. O‘sha paytda ko‘prikdan sutkasiga 40–50 mingta avtomobil o‘tishi mumkinligi ma’lum qilingan. Loyihada daryo bo‘ylarini ko‘kalamzorlashtirish, energiya tejamkor yoritish tizimi va ikki yo‘lli tramvay liniyasi ham ko‘zda tutilgan.
Telegramga obuna bo'ling
So'nggi yangiliklar bilan tanishing
Tavsiya etamiz

Xorijda ishlagan şifokorlarga 50 mln sömgaça ustama beriladi

Parkwood turar joy majmuasida ikki kişi kuyish jarohatini oldi

Tibbiyot talabalari haftasiga üç kun bemorlar bilan işlaydi

2027-yildan poliklinikalarda 73 turdagi dori bepul beriladi
