O‘zbekiston va Mayami o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareys ochilishi mumkin

O‘zbekiston va AQShning Mayami shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda AQSh davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.
Rubioning aytishicha, O‘zbekistonga kelayotgan xorijiy sayyohlar soni uning e’tiborini tortgan. Shundan so‘ng u AQShdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni ko‘paytirish imkoniyati bilan qiziqqan.
«Hozir Mayamidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys ochish imkoniyati muhokama qilinmoqda», dedi davlat kotibi.
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida Toshkent–Nyu-York yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lovchi reyslari mavjud. Mayami yo‘nalishi ochilsa, AQSh janubiga boradigan yo‘lovchilar uchun yana bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri manzil paydo bo‘ladi.
Mayami aeroporti Florida, Karib havzasi va Lotin Amerikasi mamlakatlariga parvozlar uchun yirik tranzit nuqtasi hisoblanadi. Yangi yo‘nalish ushbu hududlarga safar qiladigan yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha ulanish imkoniyatini yaratishi mumkin.
Muhokamalar AQSh fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirish tartibi soddalashtirilganidan keyin olib borilmoqda. 2026-yil 1-yanvardan AQSh fuqarolari O‘zbekistonda 30 kungacha vizasiz bo‘lishi mumkin. Qaror savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va turizm aloqalarini rivojlantirish maqsadida qabul qilingan.
Telegramga obuna bo'ling
So'nggi yangiliklar bilan tanishing
Tavsiya etamiz

Xorijda ishlagan şifokorlarga 50 mln sömgaça ustama beriladi

Parkwood turar joy majmuasida ikki kişi kuyish jarohatini oldi

Tibbiyot talabalari haftasiga üç kun bemorlar bilan işlaydi

2027-yildan poliklinikalarda 73 turdagi dori bepul beriladi
