Yaponiyaning anime studiyasi O‘zbekistonda ofis ochadi

O‘zbekistonda yaponiyaning ELF‑IN anime studiyasi vakolatxonasi ochiladi. Bu boradagi kelishuv Raqamli rivojlanish vazirligi va kompaniya rahbariyati o‘rtasidagi muzokaralar yakunida erishildi.
Yapon tomoni bilan rasmiy uchrashuvni vazir o‘rinbosari Rustam Karimjonov olib bordi. Tomonlar yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratish, mutaxassislarning professional va “soft skills” ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek animatsiya va raqamli kontent sohasida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.
Muzokaralarning asosiy natijalaridan biri — ELF‑IN kompaniyasining O‘zbekiston hududida sho‘ba korxonasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror bo‘ldi. Kompaniya ichki bozor bilan birga raqamli xizmatlar eksportiga yo‘naltirilgan to‘laqonli ishlab chiqarish va ta’lim bazasini yaratishni rejalashtirmoqda.
Uchrashuv yakunida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat milliy kompyuter grafika va animatsiya industriyasini rivojlantirish bo‘yicha keyingi qadamlarni belgilab beradi. Shuningdek, 700 ming dollardan ortiq mablag‘ga ega maxsus grant jamg‘armasini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Ushbu mablag‘lar yapon bozori standartlari asosida ishlay oladigan va xalqaro loyihalarda ishtirok etadigan mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltiriladi.
Shu bilan birga, vazirlik Yaponiyada ishlashga qiziqqan fuqarolar uchun arizalar qabulini boshladi. Nomzodlar uchun dizayn, animatsiya va raqamli kontent ishlab chiqarish yo‘nalishlari ochiq. Ro‘yxatdan o‘tish rasmiy onlayn platformalar orqali amalga oshirilmoqda.
Рекомендуем

Израиль нанес удары по Ливану

Баходир Жалолов одержал 18-ю победу нокаутом в Манчестере

В Андижане водитель перевозил 58 детей в микроавтобусе, рассчитанном на 8 мест

Золотовалютные резервы Узбекистана приблизились к новому рекорду
